Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi rekonstruksiya ishlari 2020 yilning oxirigacha bitirilishi kutilgan edi. Lekin belgilangan muddatdan bir yil o‘tib ham bu yerdagi qurilish ishlari to‘xtagani yo‘q. Bundan tashqari, ko‘chadagi yangi yo‘l belgilari noto‘g‘ri o‘rnatilgan, veloyo‘lak ustida bekat qad ko‘targan, yangi yo‘llarning ba’zi qismlari allaqachon ta’mirtalab bo‘lib qolgan. «Gazeta.uz» Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi muammolar haqida reportaj tayyorladi.
Turizm bo‘yicha o‘tkazilgan seminarda Aziz Abduhakimov ko‘chalardagi piyoda va veloyo‘laklar qoniqarsiz ahvolda ekanini aytdi. «Yoshlarimiz, boshqa katta yoshli aholimiz ham jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullangisi keladi. Lekin joy yo‘q», — deya ta’kidladi bosh vazir o‘rinbosari.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting